+99871 200-11-14
Ишонч телефонлари
Ишлаш вақти: 09:00 дан 18:00 гача
Қабул кунлари: Душанбадан Жумагача


Avtobenzin narxini sun’iy ravishda oshirgan tadbirkorlarga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Surxondaryo viloyati Termiz shahrida deyarli barcha AYoQShlarda AI-80 — markali avtobenzin 8000 ming so‘mdan sotilmoqda. Surxondaryo viloyatida AYoQShlarni nazorat qiladiganlar mas’ullar nimaga jim?” murojaat asosida ishchi guruhlar tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan mazkur AYoQSh “DON” hususiy firmasiga tegishliligi aniqlanib, ushbu AYoQShda haqiqatdan ham AI-80 rusumli avtobenzinni 8 000 so‘mdan sotilayotganligi aniqlandi. Olib borilgan profilaktik tadbirlarga qaramay hamda bugungi kundagi vaziyatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmagan holda avtobenzin narxini sun’iy ravishda oshirganligi sababli ushbu AYoQShga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma berildi.

Сайтни ишлаб чиқиш бўйича ҳамкор Sarkor Solutions